TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Moskvadagi Sharq muzeyi hovlisida an’anaviy sumalak bazmi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Moskva shahrida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar, turli diasporalar vakillari, Sharq madaniyati va an’analariga qiziquvchi mahalliy aholi vakillari ishtirok etdilar.

Moskvada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar
© Sputnik / Stringer
Sumalak bazmi albatta o‘zbek milliy taomi palovsiz o‘tmadi.
Bazm "Moskva shahridagi o‘zbek milliy-madaniy avtonomiyasi" hududiy jamoatchilik tashkiloti tomonidan tashkil qilingan bo‘lib, tashkilot rahbari Habib Abdullayevning aytishicha, bu yil to‘rtinchi bor o‘tkazilishi.
