TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Turin politexnika universiteti talabalari kichik avtobus va poyezd ishlab chiqarishdi, deb xabar qilmoqda Universitet sahifasi.
Toshkentdagi Turin politexnika universiteti talabalari madaniyat va istirohat bog‘lari texnik boyitishga yordam berishdi. Texnopark muhandislari 4-bosqich talabalari bilan hamkorlikda attraksion uchun 20 kishiga mo‘ljallangan mini-avtobus hamda lokomotiv va 4 vagondan iborat poyezd ishlab chiqdi.
Avtobus va lokomotiv quvvati 5,5 soatga yetadigan akkumulyator batareyada ishlaydi. Ikkisining ham kuchi 900 vatt bo‘lib, soatiga 10 kilometr tezlikka ega.