TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Iordaniyada 18 mamlakat prezidentlari ishtirokida o‘tayotgan Arab davlatlari ligasi sammiti ajabtovur hodisa bilan yodda qoladigan bo‘ldi.
Ligaga a’zo davlat rahbarlarining birgalikda suratga tushishi marosimi vaqtida Livan prezidenti Mishel Aun gilamga qoqilib ketib, muvozanatni yo‘qotdi va yuztuban yiqildi. Hamkasblari va yordamchilari shu zahotiyoq Aunga yordamga shoshildilar.
Ushbu hodisa muhrlangan videorolik ijtimoiy tarmoqlarda yashin tezligida tarqalmoqda. Xabarlarga ko‘ra, Livan prezidenti jiddiy jarohat olmagan. Sal vaqt o‘tib u davlat rahbarlari ishtirokidagi yig‘inda qatnashgan va Livan nomidan nutq so‘zlagan.