Fuqarolar shikoyati tufayli Moliya vazirligining 39 xodimi "hayfsan" oldi

Obuna bo‘lish
2017 yil 20-mart holatiga ko‘ra, fuqarolardan g‘aznachilik va nafaqa, shuningdek, oylik maoshi va tender savdolarini o‘tkazish bilan bog‘liq savollar bo‘yicha Ishonch telefonlariga jami 288 ta murojaat kelib tushgan

TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Moliya vazirligining 39 nafar xodimiga "hayfsan" berildi, deb xabar qildi "Novosti Uzbekistana" nashri.

2017 yil 20-mart holatiga ko‘ra, fuqarolardan g‘aznachilik va nafaqa, shuningdek, oylik maoshi va tender savdolarini o‘tkazish bilan bog‘liq savollar bo‘yicha Ishonch telefonlariga jami 288 ta murojaat kelib tushgan.

"Ushbu murojaatlardan 285 tasi (ulardan 41 tasi 2016-yildagi murojaatlar) o‘rganilib, 88 tasi yoki 30,8 %i tasdiqlangan. Ularni ko‘rib chiqish doirasida qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan 39 nafar mas’ul shaxsga "hayfsan" berildi", — deb xabar qiladi nashr.

Moliya vazirligi Bosh nazorat-kuzatuv boshqarmasi ma’lum qilishicha, shikoyatlarni o‘rganib chiqish natijalariga ko‘ra, to‘rt murojaatga tegishli ma’lumotlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan, ikkitasi bo‘yicha esa yuqori instansiyadagi shaxslar xabardor qilingan.

Yangiliklar lentasi
0