Microsoft O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirmoqchi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishVistavka "IgroMir 2013" Stend Microsoft
Vistavka IgroMir 2013 Stend Microsoft - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Axborot texnologiyalari vazirligida Microsoft delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Kecha, 28-mart kuni O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligida Microsoft kompaniyasining delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ayni damda Microsoft  kompaniyasi vakillari, Toshkentda o‘tkazilayotgan "Microsoft Innovation day" anjumanida ishtirok etish uchun, O‘zbekistonda mehmon bo‘lib turibdi.

Uchrashuvda mehmonlar Microsoftning MDH davlatlaridagi loyiha va tajribalari xususida to‘xtalib, kompaniyaning O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirishga qiziqish bildirdilar.

O‘zbekiston tomoni ushbu hamkorlik har ikkala tomon uchun ham samarali bo‘lishini qayd etib, davlat boshqaruvida, ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlar, shuningdek ta’lim sohalariga axborot texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda hamkorlikka tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Uchrashuvda O‘zbekistondagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi uchun kadrlar tayyorlaydigan universitetlar hamda Microsoft o‘rtasidagi IT-ta’lim yo‘nalishidagi o‘zaro aloqalarning istiqboli, ahamiyati to‘g‘risida alohida qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, besh kun oldin Microsoft Toshkentdagi Inxa universitetiga kompaniya professional mahsulotlaridan bepul foydalanish uchun 700ta vaucher sovg‘a qilgan edi. Sovg‘a qilingan Microsoft Imagine dasturlar jamlanmasi yordamida IUT talabalari Windows operatsion tizimi, Microsoft Azure, Visual Studio, SQL Server, Xamarin va boshqa dasturlardan bepul foydalanishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0