TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Tabiiy ofat Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani Uchterak qishlog‘ida Toshkent – Chimon trassasining G‘azalkent bo‘lagida sodir bo‘ldi, IIV xabariga asosan.
26 mart kuni avtomobil yo‘liga kengligi 2 metr, uzunligi 15-20 metrli ko‘chki qulab tushdi. Voqea natijasida hech kim zarar ko‘rmadi, aholi uy-joyiga zarar yetmadi.
27 mart kuni yana bir ko‘chki sodir bo‘lishi oqibatida uning kengligi 4,5 metrni, uzunligi 20 metrni tashkil qildi.
Ayni damda yo‘lda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilishi ishlari olib borilmoqda. Avtomobil yo‘lining 58 —71 km transport harakati uchun vaqtincha berkitilgan.