TOShKENT, 28 mar – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Novza” metrosi yonidagi ko‘prik qurilish jarayonini kuzatuv kameralari orqali shaxsan kuzatib borgan, deb xabar qilmoqda prezidentning Facebookdagi sahifasi.
“Bunyodkor va Muqimiy ko‘chalari kesishgan chorrahadagi ko‘prik qurilishi jarayoni, boshqa muhim obyektlar qatori, davlatimiz Rahbari tomonidan zamonaviy videokuzatuv tizimi orqali ham shahsan nazoratga olingandi. Ushbu ko‘prik qurilishi jarayonining qisqa videoko‘rinishi havola etilmoqda”, — deyilgan sahifada.
Sahifada xabar berilishiga qaraganda, bu O‘zbekiston prezidenti tomonidan doimiy ravishda kuzatib borilayotgan birinchi qurilish obyekti emas.