TOShKENT, 28 mar — Sputnik. 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi Azimjon Urdushevich Ergashev Jizzax viloyati prokurori etib 5-yil muddatga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi axborot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Bosh prokurori bu haqdagi buyruqqa 2017-yil 27-martda imzo chekdi.
Azimjon Ergashev shuningdek, Jizzax viloyati prokuratura hay’ati raisi etib tasdiqlandi.