TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida O‘zbekiston hamda Qatar milliy terma jamoalari o‘rtasidagi JCh-2018 saralash uchrashuvi nihoyasiga yetdi.
Unda 1:0 hisobi qayd etilib, O‘zbekiton termasining g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yinda yagona gol 66-daqiqada Odil Ahmedov tomonidan kiritildi.
O‘zbekiston terma jamoasi guruhda 2-o‘rin uchun imkoniyatlarni saqlab qoldi.
Biz o‘zbekistonlik barcha futbol ishqibozlarini g‘alaba bilan tabriklaymiz.
G‘alabalar bardavom bo‘lsin, O‘zbekiston!