Markaziy bank dollarning rasmiy kursi nima uchun oshib ketayotganligiga izoh berdi

© uz.24Sentralniy bank Uzbekistana
Sentralniy bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugundan 1 AQSh dollari 46,91 so‘mga oshib, 3595,02 so‘mni tashkil qildi

TOShKENT, 28 mar — Sputnik. "Darakchi plyus" tahririyati Markaziy bankka rasmiy murojaat qilib, AQSh dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan sezilarli darajada oshib borayotganligi sabablari bilan qiziqdi.

Markaziy bank matbuot xizmatining javobida keltirilishicha, "Valyutani tartibga solish to‘g‘risida"gi qonunning 15-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasini sotib olish va sotish bo‘yicha operatsiyalar milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan chet el valyutasiga bo‘lgan talab hamda taklifning joriy nisbati asosida shakllanadigan almashuv kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.

Mujchina pereschitivayet dollari SShA, foto iz arxiva - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 3600 so‘mga yaqinlashdi

Tahririyat shuningdek, dollar kursi o‘sishda davom etish yoki yetmasligi hamda qancha foizga oshishi haqida qiziqqan.

"So‘mning xorijiy valyutalarga nisbatan ayirboshlash kursining kelgusidagi dinamikasi talab va taklif, to‘lov, xususan tashqi savdo balansi, inflyatsiyaning maqsadli parametrlari, mamlakatlardagi iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib — asosiy savdo hamkorlar, jumladan ularning valyuta kurslariga qarab belgilanadi. Ayni damda valyuta siyosatini liberalizatsiya qilish hamda bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari asosida takomillashtirishni tartibga solish bo‘yicha normativ hujjatlar loyihasi ishlab chiqilmoqda", — deya ta’kidlanadi Markaziy bank javobida.

Bugundan 1 AQSh dollari 46,91 so‘mga oshib, 3595,02 so‘mni tashkil qildi. 1 yevro 83 so‘mga oshib, 3883,95 so‘mni tashkil qildi.

Ikki hafta ilgari dollar 3,5 ming so‘mlik qiymatni qayd etgandi.

Yangiliklar lentasi
0