Davron Kabulov O‘zbekistonni jahon chempionatiga olib chiqa olishini bildirdi

Obuna bo‘lish
"Murabbiylik tajribam yo‘qligini yuzimga solishmasa, "qo‘ng‘iroqlar" bilan tarkib tanlashga aralashishmasa, O‘zbekiston MTJni JChga olib chiqa olaman. Tekinga, pul kerakmas. 4-yil Vatanim uchun oyliksiz ishlashga tayyorman", - deb yozgan Kabulov

TOShKENT, 27 mar — Sputnik. "Million" jamoasi boshlovchisi Davron Kabulov o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘lishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda "Qalampir.uz" yozmoqda.

"Murabbiylik tajribam yo‘qligini yuzimga solishmasa, "qo‘ng‘iroqlar" bilan tarkib tanlashga aralashishmasa, O‘zbekiston MTJni JChga olib chiqa olaman. Tekinga, pul kerakmas. 4-yil Vatanim uchun oyliksiz ishlashga tayyorman.

Publikatsiya ot Davron Kabulov (@davron_kabulov) Mar 26 2017 v 2:55 PDT

"Boshlovchiligingni qilsang-chi", degan gaplarga shoshilmang: termamizni shu vaqtgacha Sarkisan, Mirsodiqov, Vega da Silva, Salkov, Nepomnyashiy, Abramov, Qosimov, Babayan kabi "tan olinganlar" boshqardi, olib chiqolmadi JChga. Hech narsa yo‘qotmaysiz, eplolmasam, 6-marta chiqolmagan mundialga 7-marta chiqmagan bo‘lasiz. Va’damning ustidan chiqsam, TARIXDA BIRINChI MARTA bo‘ladi. Jiddiy aytapman. Agar natija oldingilaridan yomon bo‘lsa, yashab turgan uyimni o‘rtaga tikishga tayyorman!", deb yozadi Davron Kabulov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Jahon chempionati saralash bahslari doirasida Suriyadan mag‘lubiyatga uchragach, o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari terma jamoa murabbiyiga nisbatan keskin e’tirozlar bildirdilar.

Yangiliklar lentasi
0