TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Singapurda o‘zbekistonlik bokschi Qudratillo Abduqahhorov zimbabvelik Charlz Manyuchini mag‘lub etib, WBC Silver chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.
Ushbu jangni afrikalik bokschi o‘ziga xos tarzda boshlab, raqibining ustidan kalaka qilishga harakat qildi. Bunga jazo sifatida esa Qudratillo Abduqahhorov uni 1-raunddayoq ringga qulatdi.
Eslatib o‘tamiz, Qudratillo bunga qadar 10ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida raqiblarini mag‘lub etgan.