Toshkent viloyatida brakonyerlardan olingan lochinlar tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborildi

© Press-slujba Goskomprirodi RUzNa territorii Tashkentskoy oblasti sostoyalsya vipusk v yestestvennuyu sredu obitaniya 19-ti sokolov - balobanov (lat. Falco cherrug)
Na territorii Tashkentskoy oblasti sostoyalsya vipusk v yestestvennuyu sredu obitaniya 19-ti sokolov - balobanov (lat. Falco cherrug) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Lochinlar turiga kiruvchi - itolg‘i lochin qushlari 2016-yil avgustida brakonyerlardan tortib olingan va muhofaza uchun "Davbionazorat" inspeksiyasiga topshirilgan

TOShKENT, 27 mar — Sputnik. 25-mart kuni O‘zbekiston Qizil kitobi va Tabiat muhofazasi xalqaro uyushmasiga kiritilgan 19 lochin Toshkent viloyati hududida tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborildi. Bu haqda O‘zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, lochinlar turiga kiruvchi — itolg‘i lochin qushlari 2016-yil avgustida brakonyerlardan tortib olingan va muhofaza uchun "Davbionazorat" inspeksiyasiga topshirilgan.

Qushlarni topshirish vaqtida o‘simlik va hayvonot dunyosi genofondi instituti mutaxassislarining tekshiruv natijalariga ko‘ra, ularning ahvoli qoniqarsiz deb topilgan. Shu bois bu qushlarni tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborish ularning hayotini xavf ostiga qo‘yish bilan barobar ekanligi ta’kidlangan.

2014 yilda tashkil "Tugan Falconry Club" jamiyati lochinlarni va yirtqich qushlarni himoya qilish xalqaro assotsiatsiyasining to‘laqonli a’zosi hisoblanadi. Jamiyat tomonidan Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasining Davbionazorat inspeksiyasi hududida "Qizil kitob"ga kiruvchi itolg‘i va sapsan lochinlarini reabilitatsiya qilish va saqlab qolish maqsadida pitomnik qurilgan.

© Press-slujba Goskomprirodi RUzToshkent viloyatida brakonyerlardan olingan lochinlar tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborildi
Na territorii Tashkentskoy oblasti sostoyalsya vipusk v yestestvennuyu sredu obitaniya 19-ti sokolov - balobanov (lat. Falco cherrug) - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatida brakonyerlardan olingan lochinlar tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborildi

Pitomnikda dunyoga kelgan qush bolalari tuxumdan chiqqanida yechilmaydigan va jamiyat belgisi tushirilgan baldoq bilan halqalanadi. Bunday halqalar yosh qushlarni brakonyerlardan himoya qiladi. Agar qushlar noqonuniy yo‘l bilan olib chiqib ketilayotgan bo‘lsa, ularni oson ajratib olish mumkin.

Yovvoyi hayvonlarni, shu jumladan, "Qizil kitob"ga kiritilgan qushlarni O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketish uchun Davbionazorat va O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining tegishli ruxsatnomasini olish lozim bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0