Xorazm viloyati IIBga yangi boshliq tayinlandi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyPustoe kreslo
Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Viloyat IIBga polkovnik Rahmonov Shavkat Navro‘zovich boshliq etib tayinlangan

TOShKENT, 27 mar — Sputnik. O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Xorazm viloyati IIB boshlig‘ini tayinladi. Bu haqda Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi saytida ma’lumot berildi.

Unga ko‘ra viloyat IIBga polkovnik Rahmonov Shavkat Navro‘zovich boshliq etib tayinlangan.

Avvalroq Xorazm viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan Rustam Jo‘rayev O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tayinlangani haqida xabar bergandik.

Yangiliklar lentasi
0