Samvel Babayan: Oxirigacha kurashamiz, hali imkoniyat bor

Obuna bo‘lish
JCh-2018 saralash bosqichida Suriyaga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi va guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlash uchun hali barchi imkoniyatlar yo‘otilmanini aytib o‘tdi.

TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Jahon chempionatining saralash bosqichi 3 turida Suriyaga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘inda O‘zbekiston termasining mag‘lubiyatidan so‘ng jamoa murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida quyidagi izohni bergan edi.

Aksiya protiv proigrisha natsionalnoy sbornoy po futbolu - Sputnik O‘zbekiston
"Babayan out" yoxud fanatlarning sabr kosasi to‘ldi

“Bugun futbol ko‘rmadik, boisi maydon holati unchalik yaxshi emas edi. Bugungi sharoitlarni hisobga olib, yaxshiroq o‘yin namoyish etish va xarakter ko‘rsatishimiz talab etilgan edi. Bugungi mag‘lubiyatdan afsusdamiz, ammo O‘zbekiston terma jamoasi hamon uchinchi o‘rinda va imkoniyatlarini yo‘qotmagan. Biz oldinga harakat qilamiz va keyingi o‘yinlarda g‘alaba qozonish uchun harakat qilamiz. Umid qilamanki, keyingi o‘yinlarda optimal tarkibda maydonga tushamiz va albatta, g‘alaba qozonamiz. Futbolchilarga o‘yin uchun minnatdorchilik bildirdim. Ular qattiq mehnat qilishdi va bor kuchlari bilan o‘ynashdi. Ularga e’tirozim yo‘q”, — deydi Babayan.

“Guruhdagi terma jamoalarda oldinga harakat qilishlari uchun yaxshi imkoniyat bor. O‘ylaymanki, barcha kurash hali oldinda va barcha jamoalarda yaxshi imkoniyat bor. Keyingi o‘yinda Qatarga qarshi o‘ynaymiz. Ushbu uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz va umid qilamanki, Qatarni yuta olamiz”, — deya fikrini yakunladi Samvel Babayan.

Ushbu o‘yin natijalariga qaramasdan O‘zbekiston jamoasi guruhda uchinchi o‘rinda qolmoqda. Oldinda Eron va Janubiy Koreya jamoalari.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2018 qoidalariga ko‘ra, har bir guruhda birinchi va ikkinchi o‘rinni olgan jamoalar JChning final bo‘limiga chiqadi. Uchinchi o‘rin egallagan terma jamoalar esa "uyda va mehmonda" tartibida o‘zaro uchrashuvlar o‘tkazishadi. Ikki uchrashuv bo‘yicha g‘olib bo‘lgan jamoa KONKAKAF jamoalari bilan pley-off o‘yinlarida ishtirok etadi.

Yangiliklar lentasi
0