O‘zbekistonda Rossiya kinosi kunlari bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishRossiya Davlat filmlar fondi
Rossiya Davlat filmlar fondi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu haqida Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Turdenev xabar qildi.

TOShKENT, 24 mar — Sputnik. O‘zbekistonda 2017-yilning oktabr oyida Rossiya kinosi kunlari bo‘lib o‘tadi, deb xabar qildi Rossiya Federatsiyasining Toshkentdagi elchisi Vladimir Turdenev.

Diplomatning so‘zlariga qaraganda, O‘zbekiston va Rossiyada bir-birining madaniyati va san’atga bo‘lgan qiziqish juda katta.

"Ayni damda O‘zbekistonda 2017-yilning oktabr oyida Rossiya kino haftaligi o‘tkazish haqida kelishib olindi. Ushbu tadbir O‘zbekiston aholisini Rossiyaning zamonaviy kino ijodi namunalari bilan tanishtiradi. Shu bilan bir vaqtda, Rossiyada bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston madaniyati kunlari doirasida O‘zbekistonning yetakchi san’at arboblarining chiqishlari rejalashtirilgan", — dedi Turdenev.

Elchi aytishiga qaraganda, Rossiya va O‘zbekiston madaniy-gumanitar hamkorligini rivojlantirish masalalari Rossiya madaniyat vaziri Vladimir Medinskiyning o‘zbekistonlik hamkasabasi Maxmud Muratov bilan yaqinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida muhokama qilingan.

Yangiliklar lentasi
0