Ikki kunda uch partiya kontrabanda qo‘lga olindi

© Sputnik / Aybek SamatovO‘zbek-qirg‘iz chegarasi
O‘zbek-qirg‘iz chegarasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida ikki kun davomida, umumiy qiymati 247 mln so‘m bo‘lgan yirk partiya kontrabanda mahsulotlari qo‘lga olindi.

TOShKENT, 26 mar — Sputnik. O‘zbekiston chegarachilari ikki kun ichida uch marta chegarani noqonuniy kesib o‘tish holalarini to‘xtatib qolishdi.

Qo‘lga olingan mahsulotlarning asosiy qismi Xitoyda ishlab chiqarilgan teleapparatura, trikotaj mahsulotlar, gazlamalar tashkil qildi dedi Sputnik muxbiriga O‘zbekiston MXXning chegarani qo‘riqlash bo‘limi vakili.

 

“Bunday katta miqdorda noqonuniy olib o‘tilayotgan mahsulotlarni qo‘lga olish, birinchi navbatda O‘zbekiston chegarasining mustahkamlanishi bilan bog‘liq. Kontrabandachilar kichik miqdorda mahsulot olib o‘tishdan voz kechib, yangi sxemalarga o‘tmoqda. Endi ular kontrabanda mollarni qo‘shni mamlakat hududida jamlab, qulay sharoit paydo bo‘lganda, uni O‘zbekiston hududiga birdaniga o‘tkzib yuborish yo‘liga o‘tishgan”, — dedi qo‘mita vakili.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Qirg‘iziston vakillaridan tuzilgan chegarani demarkatsiya va delimitatsiya qilish maxsus komissiya o‘zbek-qirg‘iz chegarasini aniqlab va belgilab olish ishlarining birinchi bosqichini yakunlagan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0