TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Buyuk Britaniya G‘arbida sodir bo‘lgan kuchli portlash, gaz oqib ketishi yoki yong‘in natijasida sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Mahaliy "Tez yordam" xizmati xabariga ko‘ra jarohatlanganlar soni 32 kishini tashkil qilgan.
"Virralda sodir bo‘lgan noxush hodisa haqida: 30 kishi yengil jarohat olgan, ikki kishi og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan", — deyilgan tibbiyot xizmati xabarida.
Here's a close up of the scene pic.twitter.com/100ABq3wM0
— Josh Parry (@JoshParryECHO) 26 marta 2017 g.
Portlash yakshanba kuni, Buyuk Britaniya g‘arbida, Mersisayd grafligida joylashgan Virral (Wirral) aholi punktida sodir bo‘lgan. Yaqn atrofda yashaydigan aholi evakuatsiya qilingan.