Lavrov: Rossiya boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaydi

© MID RF / Mediabankka o‘tishRossiya TIV rahbari Sergey Lavrov
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov chet el matbuotlarda chop etilayotgan Rossiyaning "uzun qo‘li" haqidagi maqolalarga javoban o‘z fikrini bildirdi

TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Rossiya boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaydi, shu jumladan saylovoldi jarayonlarga ham, deb bayonot qilgan Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov. RIA Novosti xabari asosida.

"Biz boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaymiz, shu jumladan saylovlarga tayyorgarlik va ularni o‘tkazish jarayonlariga ham. Ommaviy axborot vositalarida bizning saylov jarayonlariga, xususan, Fransiya va Germaniyadagi jarayonlarga ta’sir o‘tkazganimiz haqida to‘qib yozilgan maqolalarni o‘qish men uchun hayratlanarli. Ular mutlaqo uydirmadan iborat, ahmoqona xabarlardir", — degan Rossiya vaziri Bosh shtab akademiyasida qilgan chiqishi davomida.

Yangiliklar lentasi
0