Medvedev va Aripov iqtisodiy hamkorlik masalasini muhokama qilishadi

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr RF D.Medvedev
Premyer-ministr RF D.Medvedev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari rahbarlari uchrashuvi 28-mart kuni Moskvada bo‘lib o‘tadi

TOShKENT, 24 mar — Sputnik. 28-mart kuni Moskvada Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ikki mamlakatning iqtisodiy sohadagi hamkorligi masalasini muhokama qiladilar. Bu haqda RIA Novosti hukumat matbuot xizmatiga asoslanib xabar bermoqda.

"Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov savdo-iqtisodiy hamkorlik, energetika sohasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, transport va qishloq xo‘jaligi, shuningdek, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik masalalarini muhokama qiladilar", — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga davlat tashrifi bilan boradi.

Yangiliklar lentasi
0