"O‘zbek jini" mualliflari: "beldan pastki" hazillarni yoqtirmaymiz

Obuna bo‘lish
O‘znetda yosh va iqtidorli o‘zbek blogerlarining ijtimoiy muammolarni yoritgan hazil roliklari keng tarqalmoqda

TOShKENT, 23 mar — Sputnik, Anton Kurilkin. Yuz ming martadan ko‘proq ko‘rilgan, minglab "layklar" va izohlar — In Da House sutdiyasining "O‘zbek jin" roligi ijtimoiy tarmoqlarda mana shunday natijaga erishdi. Sputnik O‘zbekiston loyiha mualliflari Sarvar Karimov va Sardor Boboyev hamda bosh rol ijrochisi Javlon Asatullayev bilan suhbatlashdi.

- Bunday roliklar tayyorlash g‘oyasi qay tarzda paydo bo‘ldi?

Sarvar Karimov: In Da House loyihasi ustida kattagina jamoa, 10ga yaqin kishi ish olib boradi. Ular media sohasida katta tajribaga ega. Bizning Media House deb nomlanuvchi prodakshn-studiyamiz bor.

Asosan yirik kompaniyalar uchun reklama roliklari va o‘zbek estradachilari uchun musiqali videokliplar suratga olamiz. Lekin har doim qiziqish sifatida biror yangilik qilishni istardik.

Uzbekistanskie videoblogeri v shutlivom rolike pokazali, kak viglyadel bi nastoyashiy uzbekskiy djinn - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek jini qanday tilaklarni bajara oladi

Yumoristik videoblog yaratish g‘oyasini Sardor Boboyev ikki yil ilgari bildirgandi. Lekin o‘shanda uni amalga oshirish uchun bo‘sh vaqtimiz yo‘q edi. Chunki biror ishni yoki zo‘r bajarish kerak, yoki umuman qilmaslik kerak.

Nihoyat internet-loyihaga vaqt topgach, aktor sifatida kimni chaqirish masalasi paydo bo‘ldi. (Bu "O‘zbekistondagi taksichilarning turlari" deb nomlangan sketch edi). Men jarayonni nazorat qilib turish uchun kadr ortida qolishga qaror qildim, Sardor esa gapirmasdan faqatgina bosh qimirlatib turadigan rolga rozi bo‘ldi. Shunda do‘stimiz Javlon Asatullayevdan taksichi rolini ijro etishini so‘radik.

Men Javlon bilan anchadan beri tanishman, u mening keyingi uch-to‘rt yildagi barcha reklama roliklarimning ovoz rejissorligini bajaradi. Uning Sound Pixels studiyasi bo‘lib, bu paytga kelib Markaz Showni ishga tushirgandi. U shuningdek mohir xonanda, raqqos va aktor.

- "O‘zbek jini" In Da House uchun g‘ayrioddiy rolik, chunki odamlarning o‘zini tutishlari mavzusi o‘rniga kengroq mavzu olingan. Bu rolikni olishingizga nima turtki bo‘ldi?

Sardor Boboyev: Biz ko‘plab g‘oyalarni o‘rtaga tashlaymiz va navbatdagi mavzuni aniqlashga vaqtida barcha g‘oyalarni ko‘rib chiqib eng muvofig‘ini tanlab olamiz.

Bizni birdaniga bir nechta g‘oyalar qiziqtirdi, lekin ularning har biri uchun rolik qilsak zerikarli chiqardi.

© Facebook / Sardor BabaevSardor Boboyev
Sardor Babayev - Sputnik O‘zbekiston
Sardor Boboyev

Shunda barcha muammolarni yagona rolikda ko‘rsatishga qaror qildik. Shunday qilib hech bir tilakni bajarmaydigan, lekin tilak tilagan odamning o‘zini aybdordek his qilishga majbur etadigan ayyor jin obrazi paydo bo‘ldi.

- Rolikda bir nechta o‘tkir ijtimoiy hazillar bor. Sizlar uchun taqiqlangan mavzular ham bormi?

Sardor Boboyev: Albatta. Biz hech kimni yerga urish yoki xafa qilishni istamaymiz. Shuning uchun kimlarningdir ko‘ngliga tegadigan hazillardan qochamiz. Bizga hazil qilish qiziq bo‘lmagan mavzular ham bor. Masalan, siyosat. Diniy mavzularga ham umuman yaqinlashmaymiz.

Sarvar Karimov: Men esa bema’ni va "beldan pastki" hazillarni yoqtirmayman. Lekin qora yumor va istehzoli hazillarni yaxshi ko‘raman.

- Rolik qanday yaratildi? Unga ko‘p vaqt sarfladingizmi?

Sardor Boboyev: Ssenariy bir oqshomda yozildi. Uning matnini tahrirlashga bir kun ketdi. Jin roli ijrochisi aniq bo‘lgandi, lekin ikkinchi qahramon roliga kimni chaqirishni bilmasdik.

Shunda O‘znetdagi taniqli vayner (qisqa roliklar ijodkori) Aziz Husanov bilan bog‘landik. Biz mamlakatimizdagi videoblogerlar o‘rtasida hamkorlik bo‘lishini istaymiz. Bizning ilk roligimiz ham Troll.uz bilan hamkorlikda tayyorlangan.

Sarvar Karimov: Biz Aziz bilan uchrashdik, unga hamkorlikni taklif qilib g‘oyamizni aytdik. U rozi bo‘ldi. Bundan keyin ham Aziz Husanov va boshqa videoblogerlar bilan hamkorlikda roliklar olishni rejalashtirganmiz.

Menga "Super odamlar" ijodiy jamoasining chiqishlari yo qadi. Ushbu ajoyib jamoa a’zolari bilan ishlagan bo‘lardim.

- Rolikka ommaning munosabati qanday bo‘ldi?

Sardor Boboyev: Rolik odamlarga yoqqanini tushundik, lekin bir necha kun ichida uni yuz minglab kishilar ko‘rishini kutmagandik.

Kamtarona hisoblarimizga ko‘ra, uni yarim million marta ko‘rishgan. Lekin messenjerlarda necha marta ko‘rishganini bilmaymiz. Bu raqam milliondan oshgan bo‘lsa ham ajablanmayman.

Bu ish bilan shug‘ullanishni boshlaganimizga endigina uch oy bo‘lgan va beshtagina video tayyorlagan bo‘lsak-da, ommaga ijodimiz yoqapti deb bemalol ayta olaman. 200-300 ijobiy izoh orasida bitta salbiy izoh uchraydi.

-Javlon, videoblogerligingizga ota-onangiz qanday munosabatda?

Javlon Asatullayev: Men ijod bilan shug‘ullanayotganimga 15-yildan oshdi, ota-onam ijobiy munosabatda. Buning ustiga ijodimni aynan yumoristik loyihalardan boshlaganman. Bu mavzu menga yaqin.

© Facebook / Javlon AsatullaevJavlon Asatullayev
Djavlon Asatullayev - Sputnik O‘zbekiston
Javlon Asatullayev

- Kelgusi lavhalaringiz qanday mavzularda bo‘ladi?

Sarvar Karimov: Mavzular juda ko‘p. "Turlar" haqidagi sketchlarimizni davom ettirishni rejalashtirganmiz. Bundan tashqari birinchi shaxs nomidan, "Kutish va voqelik", "Xullasi kalom" kabi loyihalarimiz bor.

Bularning bari internetda mavjud, biz yangilik yaratayotganimiz yo‘q. Biz velosiped ixtiro qilmayapmiz, uni o‘z yo‘llarimizga moslashtirapmiz.

Sardor Boboyev: Hozir bizda ikkita ssenariy tayyor, bular "Reklama hayotga qarshi" va "Qarz so‘rashganda nima deb javob qaytarish kerak" deb nomlanadi. Tomoshabinlar ularni tez orada ko‘rishadi deb umid qilaman.

- Taksichilar, ofis xodimlari, restoran mijozlari mavzularini yoritdingiz. Endi navbat kimga?

Sarvar Karimov: Bizda ayollar mavzusiga kam e’tibor qaratilgan. Mana shu kamchilikni to‘g‘rilash kerak.
Hozirda boshlovchi aktrisa Madina Mamasoliyeva bilan ishlayapmiz (Madinka loyihasi). Sevib qolgan, ayriliqdagi, urishib qolgan qizlar mavzusini olib chiqishimiz mumkin.

Million guruhi - Sputnik O‘zbekiston
Shamani shama qilgan "MILLION"

- Kelgusi ijodiy rejalaringiz qanday?

Sarvar Karimov: Mening asosiy faoliyati reklama roliklari va videokliplar tayyorlash. Ish judayam ko‘p va asosiysi, buyurtmalarni vaqtida bajarish va In Da House uchun sketchlar olish kerak.

Javlon Asatullayev: Biz hamkorlikda (Media House va Sound Pixels) O‘zbekiston internetidagi ko‘ngilochar yo‘nalishni rivojlantirmoqchimiz. Katta jamoa yig‘ib turli internet loyihalar yaratish asosiy maqsadim.
- Siz uchun In Da House nima? Ko‘ngil ochishmi yoki ishmi?

Sarvar Karimov: Albatta ko‘ngil ochish. Lekin asosiy maqsadimiz nafaqat o‘zbek mentalitetining o‘ziga xos xususiyatlari, balki muammolarni ham ko‘rsatib berish. Biz uchun hazil asosiy narsa emas, balki yuqori maqsadga erishish vositasi xolos.

Yangiliklar lentasi
0