O‘zbekiston Suriyaga so‘nggi damda imkoniyatni berib qo‘ydi

© twimg.comSbornaya Uzbekistana po futbolu
Sbornaya Uzbekistana po futbolu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘yindagi yagona golni 90 minutda Suriya yarim himoyachisi Omar Xribin jarima to‘pi orqali amalga oshirdi.

TOShKENT, 23 mar — Sputnik. 2018-yilgi Jahon Chempionatining saralov o‘yinlarining uchinchi bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi Suriyaga 1:0 hisobida yutqizdi.

O‘yin Malayziyaning Malakka shahridagi "Xang jebat" stadionida bo‘lib o‘tdi.O‘yindagi yagona golni 90 minutda Suriya yarim himoyachisi Omar Xribin jarima to‘pi orqali amalga oshirdi.

​O‘zbekistonnig raqibi Janubiy Koreya, saralash o‘yinida Xitoyga boy berdi. A guruhida birinchi o‘rinda bo‘lgan Eron va oxirgi o‘rindagi Qatar jamoalari bugun 21:00 da uchrashadi.

© Twitter / Federatsiya futbola UzbekistanaO‘zbekiston - Suriya uchrashuvi
Vstrecha sbornix Uzbekistana i Sirii v ramkax kvalifikatsii na ChM 2018 v Rossii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston - Suriya uchrashuvi

Bugungi o‘yin natijalariga qaramasdan O‘zbekiston jamoasi guruhda uchinchi o‘rinda qolmoqda. Oldinda Eron va Janubiy Koreya jamoalari.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2018 qoidalariga ko‘ra, har bir guruhda birinchi va ikkinchi o‘rinni olgan jamoalar JChning final bo‘limiga chiqadi. Uchinchi o‘rin egallagan terma jamoalar esa "uyda va mehmonda" tartibida o‘zaro uchrashuvlar o‘tkazishadi. Ikki uchrashuv bo‘yicha g‘olib bo‘lgan jamoa  KONKAKAF jamoalari bilan pley-off o‘uinlarida ishtirok etadi.

O‘zbekiston termasining keyingi o‘yini 28-mart kuni Qatarga qarshi Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0