Yangi poyezd "Tulpor-Talgo" rusumli kengaytirilgan, qulay vagonlardan iborat. Bu yerda yo‘lovchilarga turli komfort darajasi va narxlarga ega bo‘lgan to‘rt xil vagonda sayohatga chiqish taklif qilinadi.
Yo‘l yo‘lakay poyezd Otar, Chu, Taraz, Chimkent, Sari-Agach bekatlarida to‘xtab o‘tadi. Yuqoridagi infografikamizda poyezd yurish jadvali, chiptalar narxi va yo‘nalish xaritasi kabi ma’lumotlar bilan batafsil tanishishingiz mumkin.