Tramp: Navro‘zni nishonlayotgan barchaga ozodlik, qadr-qimmat va boylik tilayman

© AFP / DON EMMERTDonald Tramp
Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti Donald Tramp Navro‘z bayrami munosabati bilan tabrik yo‘lladi

TOShKENT, 23 mar — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Navro‘z bayrami munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Joriy haftada ajoyib va qadimiy Navro‘z bayramini nishonlayotgan barchaga o‘zimning eng ezgu tilaklarimni yo‘llayman. Eron, Iroq, Turkiya, Janubiy Osiyo va Markaziy Osiyodagi millionlab kishilar bu kunda bahor tashrifini nishonlashadi", deyiladi tabrikda.

Tramp o‘z tabrigida qadimiy fors shohi Kir (Kayxisrav)ning "Ozodlik, qadr-qimmat va boylik birgalikda insoniyatga ulkan baxt keltiradi. Xalqingda ana shu uch xislatni birlashtirsang, odamlarning senga bo‘lgan muhabbati hech qachon o‘lmaydi", degan so‘zlarini keltiradi.

"Navro‘zni nishonlayotgan jahondagi barcha insonlarga Amerika xalqi nomidan ozodlik, qadr-qimmat va boylik tilayman. Navro‘zingiz muborak", deb tabrigini yakunlaydi AQSh prezidenti.

Yangiliklar lentasi
0