Apple va Beeline O‘zbekistondagi internetni tezlashtiradi

© Foto : PixabayUK Spy Agencies Claim Legal Right to Broad Hacking of Computers and Phones
UK Spy Agencies Claim Legal Right to Broad Hacking of Computers and Phones - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Foydalanuvchilar hech qanday qo‘shimcha narsa sotib olmaydilar, shunchaki Apple dasturiy ta’minoti yangilanadi

TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Amerikaning Apple korporatsiyasi va VimpelComning O‘zbekistonda Beeline brendi ostida ishlovchi Unitel sho‘’basi uyali aloqa operatori abonentlariga LTE tarmog‘i imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish imkonini beradigan kelishuv imzolashni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Kompaniyadagi manbaning aytishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda foydalaniladigan 850 MGs chastotasi dunyoda unchalik keng tarqalmaganligi bois Apple korporatsiyasi o‘z smartfonlarida ushbu chastotadan foydalanish imkoniyatini ochmagan.

Sim-karta s logotipom Bilayn - Sputnik O‘zbekiston
Beeline abonentlari bu yil bepul qo‘ng‘iroqlar va internetga ega bo‘ladilar

"Biz Apple smartfonlarida O‘zbekistondagi LTE tarmog‘i imkoniyatlaridan to‘liq foydalanib bo‘lmasligini sezdik. To‘rtinchi avlod tarmog‘ining o‘zi 2600 MGs chastotasida ishlaydi. Biz Applega murojaat qildik va ular 850 MGs chastotasi odatda yopiq holda bo‘lishini, lekin uni dasturiy ta’minot orqali ochish mumkinligini ma’lum qilishdi. Buning uchun korporatsiya Beeline tomonidan ma’lum bir shartlar amalga oshirilgach dasturiy ta’minotni yangilaydi", — dedi kompaniya vakili.

Apple ushbu masalada ijobiy javob berish uchun O‘zbekisondagi Beeline tarmog‘i hududlarni qanchalik qamrab olganligi, signal darajasi va boshqa ko‘rsatkichlarni tekshirishi lozim bo‘ladi. Suhbatdoshning aytishicha, tomonlar bu bosqichdan o‘tib bo‘lgan va kelishuv imzolash bosqichida turibdi. Katta ehtimolga ko‘ra kelishuv shu yilning birinchi yarmida imzolanishi mumkin.

"Foydalanuvchilar hech qanday qo‘shimcha narsa sotib olmaydilar, shunchaki Apple dasturiy ta’minoti yangilanadi. Foydalanuvchi buni hattoki sezmaydi ham", — dedi manba.

Bugungi kunda Beeline O‘zbekistondagi yirik uyali aloqa operatori hisoblanadi. 2016-yil yakunlariga ko‘ra uning abonentlari soni 9,5 milliondan oshgan.

Yangiliklar lentasi
0