TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Keyingi kunlarda O‘zbekistondagi "qora bozor"da dollar narxi keskin tushib ketdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Bozorda 7800-7900 so‘mga chiqqan bir dollar bugunga kelib 7100 so‘mga tushib qoldi.
Sputnik O‘zbekiston muxbiri murojaat qilgan ekspertlar bu holatni noqonuniy valyutafurushlarga qarshi kurash bilan bog‘lashmoqda.
Bundan tashqari, Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari chetga valyuta olib chiqish bilan shug‘ullanadigan jinoiy guruhga qarshi maxsus amaliyot ham o‘tkazishdi.
O‘zbekiston Markaziy banki saytida keltirilgan ma’lumotga qaraganda, 23-martdan AQSh dollari qiymati 48,10 so‘mga oshgan va 1 dollar 3548,11 so‘m etib belgilangan.