Toshkentda "Neksiya" ikki piyodani urib yubordi

© PixabayZnak avariynoy ostanovki
Znak avariynoy ostanovki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Piyodalardan biri - ayol kishi olgan tan jarohatlari sababli vafot etdi

TOShKENT, 22 mar — Sputnik. 21 mart kuni poytaxtning Yunusobod tumanida yuz bergan YTH oqibatida ayol kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Podrobno.uz.

Yo‘l-transport hodisasi Bodomzor ko‘chasidagi "Musaffo" kafesi qarshisida yuz bergan. "Neksiya" avtomashinasining 30 yoshli haydovchisi ikki piyodani urib yuborgan. Jabrlanganlar 7-sonli shahar klinik shifoxonasiga olib ketilgan. Piyodalardan biri — ayol kishi olgan tan jarohatlari sababli vafot etdi.

"Neksiya" avtomobili Qashqadaryo viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan. Haydovchining o‘zi esa Toshkentning Uchtepa tumanida ro‘yxatda turadi.

Ushbu holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0