Rossiyada 3D printer bir sutkada uy qurdi

© apis-cor.comDom postroyenniy 3d printerom Apis Cor
Dom postroyenniy 3d printerom Apis Cor - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Axborot texnologiyalari, zamonaviy qurilish materiallari va tezlikini o‘zida mujassamlashtirgan ushbu yangi texnologiya Rossiyada 2016-yilda boshlangan eng yaxshi biznes dab tan olindi.

TOShKENT, 22 mar – Sputnik. Yaqinda Moskva viloyatidagi Stupino shahrida Rossiyada 3d printer yordamida qurilgan birinchi bino bitkazildi.

Qizig‘i shundaki, 3d printer ushbu binoning asosiy karkasini, ya’ni poydevori va devorlari qurilishiga bor-yo‘g‘i 20 soat vaqt sarflagan. Qolgan vaqt  bino tomi va uning ichki va tashqi pardoz ishlariga sarflangan.

Binoning yakuniy tannarxi o‘rtacha hisobda 1 kvadrat metri 16 ming rublga tushgan, vaholanki Moskva viloyatida qurilayotgan uylar o‘rtacha tannarxi 1 kvadrat metri 30-40 ming rublni tashkil qiladi.

Ushbu bino devorlari yengil katakli betondan qurilgan bo‘lib, u ham binoni mustahkam qiladi, ham bino ichinida mo‘’tadil harorat saqlaydi. 3d printer quradigan binolar to‘rtburchak, uchburchak yoki aylana shaklida bo‘lishi mumkin. Stupinoda qurilgan ushbu uyning bunday murakkab shakli – 3d printer imkoniyatlarini namoyish qilish uchun ataylab tanlangan.

Loyiha tashabbuskori Rossiyaning Apis Cor - 3d qurilish printeri yaratgan kompaniya. Kompaniya jamoasida quruvchilar, muhandislar, dasturchilardan iborat. Kompaniya direktori va asoschisi — Nikita Dmitriyevich Chen-yun-tay — yosh robot texnoligiyalariga qiziqqan, dasturchi va tadbirkor.

Apis Cor 3d printeri bir yuk mashinasiga yuklanishi va istalgan qurilish maydoniga olib borilishi mumkin. Printer ishlashini 2 kishi nazorat qiladi. Printer  qurradigan bino maydoni 132 metr kvadratgacha bo‘lishi mumkin. 

Apis Cor 3d printer – kompaniya tomonidan yaratilgan maxsus yengil beton aralashmasida ishlaydi. Ushbu aralashma bugungi kunda qurilishda qo‘llaniladigan qorishmalardan iborat. U yumshoq va tez qotadi. Tashqi muhit havo haroratiga qarab qorishma tarkibi ham o‘zgarishi mumkin.

Kompaniya hisob-kitobiga ko‘ra, 3d printerdan foydalanish  qurilish  xarajatlari jiddiy iqtisod qilish imkonini yaratadi: Poydevor ishlari – 15 %, ichki va tashqi pardozlash ishlari – 60 %, logistika – 20 – 30%, bino karkasi qurilishi – 25 %, kommunikatsiyalar – 20 %.

AQSh, Yevropa va Xitoyda 2000-yillardan boshlab 3d texnologiyalardan qurilish  sohasida foydalanishga urinishlar bo‘lmoqda, lekin Apis Cor dunyoda birinchi bo‘lib binoni “ichidan qurish” texnologiyasini ishlab chiqdi.

Bugungi kunda Apis Cor uch qavatgacha bo‘lgan binolarni “chop etishi mumkin”.

Rossiya Oliy Iqtisodiyot maktabi Apis Cor 3d printer ishlab chiqarish kompaniyasini 2016 yilda boshlangan eng yaxshi biznes (start up) deb tan oldi. 

 

Yangiliklar lentasi
0