“UzTumenstroy” ishchilardan 14 mln qarzdor bo‘ldi

© Sputnik / Mixail Mordasov / Mediabankka o‘tishRaboti po po remontu avtomobilnoy trassi
Raboti po po remontu avtomobilnoy trassi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Xanti-Mansiysk avtonom okrugida faoliyat yuritayotgan "Uztumenstroy" qurilish tresti 107 nafar xodimlariga oylik to‘lamaganlikda gumon qilinmoqda.

TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Rossiyaning Xanti-Mansiysk avtonom okrugidagi Yugra shahrida faoliyat yuritayotgan yopiq aksiyadorlik jamiyati yo‘l qurilish tresti "Uztumenstroy" bosh direktori ustidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Huquqni saqlash organlari xabariga ko‘ra, gumon qilinayotgan shaxs korxonaning 107 nafar ishchisiga 2016-yilning iyul oyidan sentabr oyiga qadar oylik to‘lamagan. Natijada 14 million rubl qarz paydo bo‘lgan.

Ayni damda bo‘lib o‘tgan ishning barcha tafsilotlarini tekshirmoqda. Xanti-Mansiysk Tergov qo‘mitasi ishchilar huquqlarini tiklash va paydo bo‘lgan qarzni to‘liq qoplash choralarini ko‘rmoqda, deb xabar qiladi Tergov qo‘mitasining matbuot xizmati.  

Ochiq manbaalardagi ma’lumotlarga ko‘ra, ZAO DSG “UzTumenstroy”, “O‘zavtoyo‘l” konsernining 100-chi sho‘’ba korxonasidir. Korxonada 200ga yaqin ishchi ishlaydi. 2015-yil natijalariga ko‘ra korxona 103 mln rubl  daromad olgan. Ayni damda korxona bankrotlik arafasida.

Tergov qo‘mitasi barcha fuqarolarga ularning maoshi vaqtida yoki umuman to‘lanmagan hollarda Davlat Mehnat qo‘mitasiga yoki prokuraturaga murojaat qilishlarini so‘raydi. Agar oylik 2 oydan uzoq muddat davomida to‘lanmasa – Tergov qo‘mitasi organlariga murojaat qilish kerak bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0