TOShKENT, 21 mar — Sputnik. O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi bilan hamkorlikda o‘tkazadigan Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan "Navro‘z — boqiy bayram" tanlovini e’lon qiladi, deb xabar qildi NAESMI.
— Narvo‘z bayramiga bag‘ishlangan eng yaxshi teleloyiha;
— Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan eng yaxshi teleko‘rsatuv;
— Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan eng yaxshi radioeshittirish;
— Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan eng yaxshi ijtimoiy videorolik;
— Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan eng yaxshi ijtimoiy audiorolik;
— Internet nashrlarda Navro‘z mavzusida e’lon qilingan eng yaxshi material.
Tanlovda nodavlat teleradiostansiyalarning hamda internet saytlarning jurnalistlari, ijodiy va texnik xodimlari ishtirok etishlari mumkin.
Ijodiy ishlar 2017-yilning 20-apreligacha qabul qilinadi.
Tanlov g‘oliblariga mukofotlar 2017-yil 3-mayda Jahon matbuot erkinligi kuniga bag‘ishlab o‘tkaziladigan "Jurnalistlar bahori" media – festivalida tantanali ravishda topshiriladi.
Materiallar "Navro‘z- boqiy bayram” tanloviga deb ko‘rsatilgan xolda quyidagi manzilga yuborilishi lozim: Toshkent sh., M. Ulug‘bek tumani, Hamid Olimjon maydoni, Biznes kompleks “Poytaxt”, g‘arbiy tomoni, 4- yo‘lak 2- qavat.