TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Homiladorligini barchadan yashirgan 28 yoshli Yekaterina ismli ayol 19-sentabr kuni ko‘chaga sayr qilish uchun chiqqan. Birozdan so‘ng, to‘lg‘oq boshlanib, ayolda suv ketish holati kuzatilgan.
Hojatxona anjomi ichidan yangi tug‘ilgan qizaloqni olgach, Yekaterina qo‘rqqanidan bolani polietilen selofanga solib, kvartira tashqarisidagi chiqindi quvurining ichiga tashlab yuboradi. Ayblanuvchi ayol o‘z qilmishini stress holatida sodir etgani bilan izohlagan.
7-qavatdan chiqindi quvuri bo‘ylab polietilen selofan paketida tushgan qizaloq tirik qolgan. Ayni vaqtda uni jinoyatchi ayolning buvisi va singlisi katta qilmoqda.
Yekaterina avval sudlanmagan. Buning ustiga voyaga yetmagan boshqa farzandi ham bor. Sud unga hukm chiqarayotgan vaqtda ushbu omillar bilan birga, uning og‘ir jinoyat sodir etganini ham hisobga oldi.
Bunday jinoyat uchun 25-yilgacha qamoq jazosi beriladi. Sud jarayonida prokurar ayolga 15-yil berishni so‘radi. Biroq u 12 yilga ozodlikdan mahrum etildi, deb yozadi Qalampir nashri.