Odatdagidan 5 kun oldin: Yaponiyada sakura gulladi

© Foto : pixabayYapon olchasi
Yapon olchasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaponiyada sakura gullashining "eng qizg‘in" pallasi aprel oyi boshlariga to‘g‘ri keladi

TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Past atmosfera bosimi, yog‘ingarchilik va iliq ob-havo natijasida Tokioda sakura odatdagidan besh kun avval gulladi, deb xabar qildi Yaponiya meteorologiya xizmati.

Tokioda rasman saura gullashi mavsumi maxsus "nazorat" daraxtida ilk 5 dona gul ochilgandan keyin ochiq deb hisoblanadi. Bu daraxtni Yaponiya meteorologik boshqarmasi inspektorlari kuzatib borishadi. Ular mart boshidan barcha olchazorlarni nazorat qilib borishadi. Bunga mas’ul xodim 21-mart ertalab Yasukuni ibodatxonasiga kelib, sakura shoxlarida pushti g‘unchalar nish urganini qayd qildi va "Tokioda sakura gulladi" deb e’lon qildi.

Biroq bu xabar omma tomondan odatdagidek jo‘shqin qarshilanmadi, chunki bugun Tokioda yomg‘ir yog‘moqda. Biroq yapon nashrlari fotomuxbirlari yomg‘irli ob-havoga qaramay, mamlakatning bosh sakura daraxtidagi har bir g‘unchani kameraga sinchkovlik bilan qayd qilishmoqda.

Sakuraning to‘liq gullashi vaqti mart oyi oxiri yoki aprel boshiga to‘g‘ri keladi. Bu vaqtda bog‘lar va olchazorlar pushti rangdagi gullarga burkanadi. Shu kunlari minglab odamlar bu mo‘’jizadan zavq olish uchun bog‘larga oshiqadilar va sakura daraxtlari ostida pikniklar uyushtirishadi.

Yangiliklar lentasi
0