TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oibnazarov afsonaviy promouter Bob Arumga tegishli Top Rank promouterlik kompaniyasi bilan rasman shartnoma imzoladi. Bu haqda kompaniyaning Instagramdagi sahifasida ma’lum qilindi.
Xabarlarga ko‘ra, shartnomada joriy 2017-yil hisobidan 4ta jang o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Fazliddinning o‘zi bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida shunday deb yozdi: "Xudo xohlasa, bu boshlanishi. O‘zbekistonimizni dunyoga tanitish uchun hali ko‘p mehnat qilamiz. Oldinda chempionlik janglari turibdi".
Fazliddinning professional boksdagi debuti 22-aprel kuniga mo‘ljallangan. Raqib nomi shu kunlarda ma’lum qilinadi.