Suriya va O‘zbekiston o‘rtasidagi uchrashuv stadioni o‘zgardi

© Federatsiya futbola UzbekistanaSbornaya Uzbekistana po futbolu
Sbornaya Uzbekistana po futbolu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bo‘lajak o‘yinda Suriya nominal mezbon bo‘lgani hamda mamlakatda siyosiy beqarorlik hukmronlik qilayotgani sababli OFK o‘yinni neytral zona - Malayziyada o‘tkazilishini ta’minlagandi

TOShKENT, 20 mar — Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasi 23-mart kuni JCh-2018 turniriga saralash bosqichi "A" guruhi 6-turida Suriya termasiga qarshi bahs olib boradigan uchrashuv stadioni o‘zgardi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi axborot xizmati xabar berdi.

Bo‘lajak o‘yinda Suriya nominal mezbon bo‘lgani hamda mamlakatda siyosiy beqarorlik hukmronlik qilayotgani sababli OFK o‘yinni neytral zona — Malayziyada o‘tkazilishini ta’minlagandi.

Sbornaya Uzbekistana po futbolu vo vremya trenirovki - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston terma jamoasi Suriyaga qarshi tayyorgarlik ko‘rmoqda

Mazkur bellashuv Malayziyaning Seremban shahridagi Tuanku Abdul Rahman Stadium stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi. Biroq stadion o‘yinga tayyor bo‘lmagani uchun Suriya-O‘zbekiston bahsi Malakka shahridagi Hang Jebat Stadium maydonida o‘tkaziladi.

O‘yin vaqti o‘zgarishsiz qolgan — uchrashuv mahalliy vaqt bilan 20:00 (Toshkent vaqti bilan 17:00)da boshlanadi. Bellashuvni boshqarib boradigan hakamlar guruhi ham o‘zgarmagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi JCh-2018 saralash bosqichi "A" guruhi 5-turidan keyin 9 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Suriya 5 ochko to‘plagan holda to‘rtinchi o‘rinni band qilib turibdi.

Yangiliklar lentasi
0