Islom Karimov xayriya fondi granti uchun tanlov natijalari aprelda e’lon qilinadi

© Press-slujba Pravitelstva KirgizstanaSeremoniya proshaniya s Islamom Karimovim v Samarkande
Seremoniya proshaniya s Islamom Karimovim v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi tomonidan tashkil qilingan AQSh va Yevropa oliy ta’lim muassasalarida 2017-2018-o‘quv yilida magistratura bosqichida tahsil olish uchun grantlar saralash konkursining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi tomonidan tashkil qilingan AQSh va Yevropa oliy ta’lim muassasalarida 2017-2018-o‘quv yilida magistratura bosqichida tahsil olish uchun grantlar saralash konkursining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda fondning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilindi.

Mazkur saralash bosqichida ilk bosqichda o‘tkazilgan chet tili va tanlangan mutaxassislik bo‘yicha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan talabalar qatnashdi.

Navbatdagi sinov imtihonlari British Counsil mintaqaviy vakolatxonasining IELTS sertifikatini olish uchun o‘tkazildi.

O‘zbekiston birinchi prezidenti Islam Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimov xayriya fondi xorijda o‘qish uchun birinchi tanlov e’lon qildi

Saralash tanlovining yakuniy natijalari Fondning rasmiy saytida (www.fondkarimov.uz) aprel oyi oxirida e’lon qilinadi.

Islom Karimov jamoatchilik xayriya fondiga O‘zbekiston mustaqilligi asoschisi va Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasi va hayotda amal qilgan tamoyillarini abadiylashtirish maqsadida 2016-yil asos solingan.

Fond iste’dodli yoshlarga O‘zbekiston va xorijiy davlatlarning eng ilg‘or oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishi uchun grantlar taqdim etadi.

Fond qayta tiklanuvchi energiya manbalari, kimyo, suv va yer resurslarini boshqarish, mashinasozlik texnologiyalari, oziq-ovqat texnologiyalari, oziq-ovqat xavfsizligi, oziq-ovqat ishlab chiqarish va marketingi, shaharsozlik, tarixiy obidalarni muhofaza etish va qayta tiklash, mahsulot dizayni, sanoat va me’morchilik dizayni va rassomchilik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qish uchun grantlar ajratadi.

Yangiliklar lentasi
0