TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Buxoro viloyati kengashi sessiyasida podpolkovnik Shuhrat Aliyev viloyat IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. U viloyat IIB boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgan Sh.O‘rinovning o‘rniga tayinlandi.
Shuhrat Aliyev bunga qadar Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari sifatida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Buxoro viloyati prokuraturasiga ham yangi rahbar tayinlangandi.