Shavkat Mirziyoyev A.Qodiriy istirohat bog‘ida saylda qatnashdi

© IA "Jaxon"Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vo vremya vizita v Surxandarinskuyu oblast
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vo vremya vizita v Surxandarinskuyu oblast - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun, 20-mart O‘zbekistonning barcha hududlarida Navro‘z keng nishonlanmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev ham Toshkentdagi Abdulla Qodiriy madaniyat va istirohat bog‘ida bo‘lib xalq saylida ishtirok etdi.

TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Bugun O‘zbekistonning barcha tumanlarida, bog‘ va saylgohlarida Navro‘z keng nishonlanmoqda. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida tashkil etilgan sayilda ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Prezident istirohat bog‘iga soat 12 da yetib keldi. Bog‘ni aylanib chiqib u yerda jamlangan odamlar bilan salomlashdi va ayrimlar  bilan alohida suhbatlashdi.

Shundan keyin Shavkat Miromonovich parlament rahbarlari, diplomatik korpus vakillari  bilan birga bayramona bezalgan dasturxon atrofidan joy oldi.

Keyin davlat rahbariyati va mehmonlar e’tiboriga bayram konserti taqdim etildi. Mehmonlar dasturxonga tortilgan Navro‘z taomlaridan bahramand bo‘lishdi.  

Prezident bir soatdan keyin bayram tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirib, bog‘ni tark etdi va bayram tantanalari davom etayotgan, Toshkentning boshqa manzillariga yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev bu yil O‘zbekistonda Navro‘z bayramida har bir tumanda har bir bog‘da xalq sayli tashkil qilish kerakligi haqida gapirgan edi.

"Navro‘z — bu sayl. Bu yil hammamiz saylda qatnashamiz. Odamlar emin-erkin xoxlagan bog‘iga borsin, yursin, mazza qilsin", — degan edi prezident 2016-yil  yakunlariga bag‘ishlangan majlisda.

Undan tashqari davlat rahbari, bu yil 20-21 martni dam olish kuni deb e’lon qilib, fuqarolarga birin-ketin uch kun dam olish imkonini yaratgan edi.

Yangiliklar lentasi
0