Navro‘zda Toshkent markazida transport harakati cheklanadi

© StringerRabota sotrudnikov militsii Uzbekistana
Rabota sotrudnikov militsii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Harakat cheklanadigan ko‘chalar soni hozircha ikkita: Labzak va Qorasaroy, lekin kerak bo‘lsa boshqa ko‘chalar ham berkitilishi mumkin ekan.

 

TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati aholini Navro‘z bayramida rejalashtirilgan xalq sayllari munosabati bilan, Toshkentning ayrim ko‘chalarida transport harakatini vaqtincha chekladi.

“Jumladan, 19-mart kuni kech soat 21-00 dan to bayram tadbirlari tugaguniga qadar Labzak ko‘chasining Zulfiyaxonim ko‘chasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasigacha bo‘lgan qismida, Qorasaroy ko‘chasining Abdulla Qodiriy ko‘chasidan Nurafshon ko‘chasigacha bo‘lgan qismida transport vositalarining harakati vaqtinchalik to‘xtatiladi”, — deyilgan YHX xizmati xabarida.

Shuningdek, muassasa madaniyat va istirohot bog‘lari, oromgohlar va boshqa ko‘chalarda ham vaziyat taqazo etganda transport vositalarining qatnovi vaqtincha to‘xtatilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi va haydovchilardan YHX inspektorlari ko‘rsatgan yo‘nalishda harakat qilib, bayram xavfsizligini ta’minlashda o‘z hissalarini qo‘shishga chaqirdi.

 

 

Yangiliklar lentasi
0