TOShKENT, 20 mar — Sputnik. 14 — 25-mart kunlari Avstriyada Butunjahon maxsus qishgi olimpiada o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Lola Karimova-Tillyayeva o‘zining Instagramdagi sahifasida xabar berdi.
"Sportchilarimiz qishki sport musobaqalarining 4 xil turida ishtirok etmoqda: konkida yugurish, figurali uchish, qorga moslangan oyoq qobig‘ida yugurish va tog‘ chang‘i sporti. Islom Karimov nomidagi Fond bizning terma jamoamizni homiy sifatida qo‘llab-quvvatlamoqda. Aziz va qadrdon sportchilarimiz, biz sizga katta muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Bu yilgi o‘yinlar sizga yangi yutuqlar istiqbolini ochib bersin! Biz siz bilan faxrlanamiz!" — deb yozadi Lola Karimova.
Musobaqalarda sportning 9ta turi bo‘yicha jahonning 110 davlatidan tashrif buyurgan 3000ta atlet ishtirok etmoqda.
Respublika sharafini ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari, Mehribonlik uyi va internat tarbiyalanuvchilari hamda kam ta’minlangan oila farzandlaridan tarkib topgan O‘zbekiston maxsus olimpiada terma jamoasi himoya qilmoqda.