O‘zbek yo‘lbarslari Xitoy ajdarlariga zarracha imkon bermadi

© WSBBoks: Uzbek tigers vs China dragons
Boks: Uzbek tigers vs China dragons - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Uzbek Tigers" boks jamoasi "China Dragons" jamoasi ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Toshkentda shanba kuni bo‘lib o‘tgan Umumjahon boks seriyasi (WSB) VII sezon musobaqalarida "Uzbek Tigers" boks jamoasi "China Dragons" jamoasi ustidan mutlaq g‘alaba qozondi.

Turnir 52 kg  vazn toifasidagi sportchilar jangi bilan boshlandi. Abrorjon Qodirov  raqibiga imkon bermasdan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Ikkinchi bahsda, 60 kg vaznda Riodagi Olimpiada bronza sovrindori Murodjon Axmadaliyev Van Sena ustidan 3:0 hisobda g‘alaba qozondi.

Uchinchi jangda 69 kg vaznda Olimpiada kumush medali sovrindori Shaxram G‘iyosov ham raqibi ustidan 3:0 hisobda g‘alaba qozondi.

81 kg vazn toifasida Olimpiada kumush medali sovrindori Bektemir Melikuziyev Szabin Xuan ustidan 4:0 hisobida halaba qozondi.

91 kg vazn toifasida bo‘lib o‘tgan turnirning so‘nggi jang ham  Baxodir Jalolovning xitoylik Xaypengom Mu ustidan  qozongan g‘alabasi bilan tugadi.

Eslatib o‘tamiz, The World Series Boxing ili WSB — yarim professional Boks Ligasi bo‘lib AIBA xalqaro havaskor boks federatsiyasi tarkibiga kiradi. Odatiy havaskor boksdan farqi — sportchilar shlem va maykasiz ringga chiqishlari kerak.

Shuningdek ushbu ligada bokschilarga pul uchun jang o‘tkazishga ham ruxsat berilgan. Shunga qaramasdan boksning ushbu turi yarim havaskor hisoblanib, Olimpiada o‘yinlari tarkibiga kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0