Bir necha yil oldin Istiqbol ko‘chasining ushbu bo‘lagi avtomobillar uchun yopilib, u yerda yashil hudud tashkil qilingan edi.
Bugungi kunda shahar markazida avtomobil qatnovi intensivligi oshib, yo‘lning ushbu bo‘lagini ochishga talab paydo bo‘ldi. Bu yerda avtomobil harakati qayta tiklanganidan keyin shahar markazida avtomobil qatnovi osonlashadi.
Shahar ma’muriyatining ushbu qarorini avtomobilchilar xursandchilik bilan kutib olishdi. Ko‘pchillikning fikriga ko‘ra yshlning ushbu bo‘lagini ochish shahar markazi hamda Qo‘ylik va Farg‘ona bozorlari (Risoviy) tomon bo‘lgan harakatni ancha osonlashtiradi.
Shuni aytib o‘tish kerak-ki, Toshkentda oldin to‘sib qo‘yilgan ko‘chalar birin-ketin ochilmoqda. Xususan, Mustaqillik shoh ko‘chasining Tamara Xonim va Qori Niyoziy ko‘chalari bilan kesishgan joyida, Afrosiyob ko‘chasining Sharof Rashidov va Beshog‘och ko‘chalari bilan chorrahalarida ham avtomobil harakati qayta tiklangan.