Buxoro amiri qabri o‘z vataniga qaytarilishi kerak

© Prokudin-GorskiyBuxarskiy emir Sayid Alim-xan
Buxarskiy emir Sayid Alim-xan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Buxoroning so‘nggi amiri Sayid Olimxonning qabri haqida o‘z fikrlarini bildirishdi.

TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Internet saytlaridan birida joylashtirilgan, Buxoro amiri Sayid Olimxon qabri aks etgan surat, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi,  deb yozadi Podrobno.uz nashri.

Suratda amir Olimxonning Qobuldagi "Shado Solixin"  qabristonida joylashgan maqbarasi ko‘rsatilgan. Ko‘rinib turibdiki, bugungi kunda maqbara ayanchli ahvolga kelib qolgan.

Begona yurtda amirnig hayoti oson bo‘lmagan. Qimmatbaho tuhfalar qilishga qaramasdan Afg‘onistonning biror podshohi Olimxonni qo‘llab quvvatlamaydi, uning bolalari huquqlari cheklanib, oddiy xalq darajasiga tushiriladi. Ustiga ustak Angliya banki ham amirga tegishli bo‘lgan pullarni qaytarib bermaydi.

Amir Olimxon 1943-yilda  Afg‘oniston bosh vaziri Ahmadshohga yozgan maktubida: "Afg‘onistonga kelganimga 23-yil bo‘ldi. Shu davr ichida  ko‘p g‘urbat va musibatlarni boshimdan kechirdim. Lekin vatan yodi bir muddat ham qalbimni tark etmadi. Vatan yodi bilan yashadim va vatan yodi bilan o‘laman”, — degan hasratli so‘zlarni aytgan ekan.

Amir Olimon 1944-yilda 64 yoshida Qobuldan 11 km masofada joylashgan Fatuh qal’asida vafot etadi.

O‘limi oldidan Buxoroning so‘nggi hukmdori o‘z qabriga qo‘yidagi so‘zlarni yozib qoldirishni vasiyat qilgan: "Vatansiz amir — nochoru abgor, vatanida o‘lgan gadoy — haqiqiy amir" (tarj.)

Sovet Ittifoqi davrida har qanday hukmdor, jumladan amir Olimxon xotirasi ham imkon qadar qoralangan. Tarixiy faktlar buzib ko‘rsatilgan yoki butunlay yo‘q qilingan. Albatta, buning evaziga xalq madaniyati, milliy  urf-odatlarning bir qismi ham butkul yo‘qolib ketgan,  deksak adashmaymiz.

Ma’lumki, o‘zbek xalqi vafot etganlar haqida yoki faqat yaxshi narsalarni yoki hech narsa eslamaydi.

Boburning Qobuldagi maqbarasi - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistondagi o‘zbek allomalari qabrlari obodonlashtirildi

Yuqoridagi fotosurat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining faol muhokamasiga sabab bo‘ldi. Quyida ulardan ayrimlarini keltiramiz.

"Joylari Jannatdan bo‘lsin". 

"U kishi bizning shahar tarixidan hech qachon ajralmaydi. Joylari Jannatdan bo‘lsin".

"O‘zbekiston u kishining qabrlarini ta’mirlashi kerak. Afg‘oniston bilan munosabatlarimiz do‘stona-ku".

"U o‘z davrining vakili bo‘lgan. Sharqning ko‘p hukmdorlari zulmkorlik qilgan. Bunga ko‘p vaqt bo‘ldi. Biz uni sud qila olmaymiz. Tarixni o‘zgartirib bo‘lmaydi".

"Hozir Rossiya ham o‘z o‘z podshoh avlodlari qabrini topib qayta ko‘mishmoqda. Shoh oilasini (Sarskaya semya) ham topib hurmat va ehtirom bilan qayta ko‘mishdi".

Yangiliklar lentasi
0