Tojikiston O‘zbekistonga minnatdorchilik bildirdi

© MChS Uzbekistana Gumanitarnaya pomosh, napravlennaya vlastami Uzbekistana v Tadjikistan
Gumanitarnaya pomosh, napravlennaya vlastami Uzbekistana v Tadjikistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Og‘ir damda ko‘rsatilgan yordam uchun chin ko‘ngildan minnatdorchilik bildirildi.

TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Dushanbe shahrida joylashgan O‘zbekiston elchixonasiga Tojikiston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi raisi Rustam Nazarzoda tomonidan yozilgan minnatdorchilik maktubi keldi.

Tojikiston FV qo‘mitasi raisi ushbu yil qish mavsumida sodir bo‘lgan 500 dan ortiq qor ko‘chkilari natijasida og‘ir ahvolga tushib qolgan uzoq tog‘li qishloqlari aholisiga ko‘rsatilgan gumanitar yordam uchun  minnatdorchilik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning 7-mart kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan 60 tonnadan ortiq oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, qurilish materiallari, ko‘mir, issiq kiyim-bosh va boshqa kerakli mahsulotlardan iborat gumanitar yordam Tojkistonning uzoq tog‘li hududlariga tezkorlik bilan yetkizib berilgan edi.

Rustam Nazarzoda, shuningdek O‘zbekiston FVVga ham alohida minnatdorchilik xati yo‘lladi.

"Tojikiston xalqi bunday katta talofat vaqtida, chin ko‘ngildan ko‘rsatilgan hamjihatlik va hamdardlikni yuqori baholaydi. Yuborilgan yordam bu faqat kerakli mahsulotlar bo‘lib qolmasdan, balkim ko‘p yillik hamkorlik rishtalari bilan bog‘langan do‘stona xalq tomonidan ko‘rsatilgan kuchli ruhiy yordam  bo‘ldi", — deyilgan qo‘mita rahbari xatida.

Yangiliklar lentasi
0