«Stop Xaram” - Moskvada birinchi musulmon patruli paydo bo‘ldi

© Sputnik / Gleb Kiselev / Mediabankka o‘tishMoskovskaya sobornaya mechet otkrilas posle rekonstruksii
Moskovskaya sobornaya mechet otkrilas posle rekonstruksii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Faollar guruhi nafaqat musulmon diniga mansub bo‘lgan fuqarolarga, balkim boshqalarni ham qonunda ta’qiqlangan ishlarni jamoat joylarda bajarmaslikka chaqirmoqda.

TOShKENT, 18 mar  Sputnik. Mart oyining boshida Moskvada birinchi musulmon patruli paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda "Moskva 24" telekanali.

Yosh yigitlar shaharni aylanib yurib avvalombor ko‘rinishidan musulmon diniga mansub bo‘lgan kishilarni ma’muriy qonunbuzarlik qilmaslikka chaqiradi. Masalan, jamoat joylarida chekish, spirtli  ichimliklar ichish yoki shariat qonunlari tomonidan ta’qiqlangan boshqa ishlarni amalga oshirish.

Telekanal xabariga ko‘ra, ushbu faollar guruhi nafaqat musulmon diniga mansub bo‘lgan fuqarolarga, balkim boshqalarni ham qonunda ta’qiqlangan ishlarni jamoat joylarda bajarmaslikka chaqirmoqda.

“Agar ular fuqarolarga ma’muriy qonunbuzarlik haqida eslatayotgan bo‘lsa – bu qonunga zid emas. Fuqarolar ularning aytganini bajarishi ham shart emas. Lekin ular odamlarni diniy, milliy yoki boshqa belgisiga ko‘ra guruhlarga ajratib ulardan shariat qonunlarini bajarishni talab qilayotgan bo‘lsa – bu albatta qonunga xilof”, — deb izoh berdi ushbu voqeaga huquqshunos.

Rossiya diniy uamolari vakili aytishiga qaraganda, bunday tadbir o‘tkazish Rossiya rasmiy diniy tashkilotlari yoki jamoatchiligi tomonidan muhokama qilinmagan. Bu tadbir uni o‘tkazayotgan kishilarning shaxsiy tashabbusi. 

Jamoat faollari guruhini, mashhur bo‘lgan "StopXam" jamoatchilik tashkiloti a’zolaridan biri Islom Ismoilov tashkil qilgan.

© Stranitsa Islama Ismailova v VKontakteIslam Ismailov - "Stop Xaram" dasturi boshlovchisi
Islam Ismailov, vedushiy programmi Stop Xaram - Sputnik O‘zbekiston
Islam Ismailov - "Stop Xaram" dasturi boshlovchisi

 

Yangiliklar lentasi
0