Bayram oldidan 634 nafar qidiruvda bo‘lgan shaxslar ushlandi

© Flickr / Peretz PartenskyUzbekskaya militsiya na granitse
Uzbekskaya militsiya na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kirib kelayotgan Navro‘z bayrami va xalq sayllari oldidan huquqni saqlash organlari mamlakatda xavfsizlikni kuchaytirishdi. Respublikaning barcha hududlarida "Tozalash-aksilterror" operatsiyasi bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 18 mar — Sputnik. O‘zbekiston huquqni saqlash organlari o‘tkazilgan "Tozalash-aksilterror"  operatsiyasi davomida qidiruvda bo‘lgan 634 kishini qo‘lga oldi. Bu haqida O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Davron Nazarmuhammedov RIA novostiga xabar qildi.

"Huquqni saqlash organlarining barcha xizmatlarini jalb qilgan holda keng ko‘lamli "Tozalash" operatsiyasi bo‘lilb o‘tmoqda. Jamoat tartibini buzuvchilar va shubhali shaxslar IIBga olib kelib ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. Qidiruvda bo‘lgan 634 kishi qo‘lga olindi", — dedi Nazarmuhamedov.

Uning so‘zlariga qaraganda xalq sayllar bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan 262 hududda jamoat tartibini saqlash, favqulodda vaziyatlarni oldini olish yo‘l harakati va yong‘in xavfsizligi choralari kuchaytirilgan.    

Jenskie nogi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 13 ta fohishaxona aniqlandi

"Navro‘z oldidan barcha qishloq va mahallalarda, ayniqsa chegaraga yaqin bo‘lgan hududlarda aholi orasida, ogohlik va ehtiyotkorlikni oshirish maqsadida, tushuntirish ishlari olib borilmoqda", — dedi vazir o‘rinbosari.

"Tozalash-Aksilterror" operatsiyasi O‘zbekistonning barcha hududlarida 20-fevraldan beri bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu tadbir kelayotgan Navro‘z bayramida xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bu yilgi Navro‘z bayrami katta tantana va xalq sayllari bilan o‘tkazilishi kerakligini ta’kidlagan edi.

Yangiliklar lentasi
0