TOShKENT, 18 mar – Sputnik. O‘tgan yilning mayida Toshkentda sodir bo‘lgan mudhish hodisa ko‘pchillikning esida bo‘lsa kerak. O‘shanda Yunus-Obodda ikki nafar maktab bitiruvchisi otasining mashinasini yuvib berish bahonasida olib, bildirmay ko‘chaga haydab ketishadi. Ular Amir Temur shoh ko‘chasi bo‘ylab katta tezlikda harakatlanib boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida qo‘riqlash xizmati xodimi Abduvaliyev Yermuhammadning o‘limiga sababchi bo‘lishgan edi.
Toshkent IIBi ushbu ish yuzasida izoh berishdi deb yozmoqda “Darakchi” nashri.
“Bolalar jinoiy javobgarlikka tortilish yoshiga yetmaganligi sababli jinoyat ishi yopildi. Aybdorlar Voyaga yetmaganlarni ijtimoiy himoya qilish va reabalitatsiya markaziga joylashtirildi”, — deyilgan xabarda.
Mashinasini olib chiqib ketilganligini nazorat qilmagan otaga nisbatan ma’muriy chora ko‘rilgan.
Ma’lum bo‘lishicha mashina boshqaruvida avtomobil egasining o‘g‘li emas, o‘g‘lining do‘sti bo‘lgan. Oqibatda YTH birovning mashinasida sodir etilganligi aniqlangan.
Ayni damda ikkala yigit ham kollejda tahsil olmoqda.