O‘zbekistonda ish vaqti va ish kunlari soni o‘zgardi

© Sputnik / Yevgeniy Samarin / Mediabankka o‘tishish kunlari
ish kunlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Navro‘z bayrmi munosabati bilan ish kunini ko‘chirish natijasida ish vaqti davomiyligi o‘zgardi.

TOShKENT, 18 mar — Sputnik. O‘zbekistonda Navro‘z bayrmi munosabati 18-mart shanba dam olish kunini dushanba 20-martga ko‘chirilishi munosabati bilan bilan ish vaqti davomiyligi o‘zgardi, deb xabar qilmoqda Uzbekistan Today nashri.

Ushbu munosabat bilan Mehnat vazirligi ish beruvchilarga bu yilgi ish vaqti davomiyliga kerakli o‘zgarishlar kiritishni tavsiya qildi.

Ish soatlari davomiyligi 

5 ishi kuni (40 soat)ni tashkil qiladigan korxonalarda ish vaqti davomiyligi quyidagicha: yanvar – 168 soat, mart — 167 soat, I kvartal — 495 soat, birinchi yarim yillik — 998 soat, 9 oyda — 1509 soat, bir yilda— 2020 soat.

6 ish kuni (40 soat) bo‘lgan korxonalarda ish vaqti davomiyligi quyidagicha bo‘ladi: yanvar – 167 soat, mart — 165 soat, I kvartal — 492 soat, birinchi yarim yillik — 997 soat, 9 oyda — 1508 soat, bir yilda— 2020 soat.

6 ish kuni (36 soat) bo‘lgan korxonalarda ish vaqti davomiyligi quyidagicha bo‘ladi: yanvar – 150 soat, mart — 148 soat, I kvartal — 442 soat, birinchi yarim yillik — 897 soat, 9 oyda — 1357 soat, bir yilda— 1818 soat.

Ish kunlari soni

5 ishi kuni tartibida ishlaydigan korxonalarda ish kunlari soni quyidagicha: yanvar— 21 kun, mart — 21 kun, I kvartal — 62 kun, birinchi yarim yillik— 125 kun, 9 oyda — 189 kun, bir yilda — 253 kun.

6 ishi kuni tartibida ishlaydigan korxonalarda ish kunlari soni quyidagicha: yanvar— 25 kun, mart — 25 kun, I kvartal — 74 kun, birinchi yarim yillik— 150 kun, 9 oyda — 227 kun, bir yilda — 304 kun.

Savollar bilan Mehnat vazirligining quyidagi telefon raqamiga murojaat qilish mumkin 0 (371) 2000-600.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan qarorga binoan, bu yil O‘zbekistonda Navro‘z bayrami sharafiga uch kun dam olish kuni belgilanadi. 19 - 21 mart dam olish kunlari deb belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0