TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Uzmobile milliy uyali aloqa operatori o‘z abonentlari uchun Prezident virtual qabulxonasi, Yagona Interaktiv Davlat Xizmatlari Portali (YaIDXP), O‘zbekiston Hukumati portali va boshqa davlat tashkilotalri saytlari, Sputnik muxbiri xabariga ko‘ra.
Ushbu loyiha uyali aloqa operatori va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar vazirligi va "Elektron hukumat" markazi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.
Tashabbus mualliflari fikriga ko‘ra, ushbu qadam davlat va jamiyat orasidagi munosabatlarni yana bir pog‘ona yuqoriga ko‘taradi, davlat xizmatlari sifatini va sonini oshiradi.
IT sohasi vakillari aytishiga qaraganda ushbu tashabbus "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" davlat dasturi doirasida amlaga oshirilgan va O‘zbekiston 2017-2021 yillardagi rivojlanish strategiyasi tarkibiga kiritilgan.
Ushbu yilning mart oyi holatida YaIDXP portalida 308 ta elektron xizmat tashkil qilingan. O‘tgan oy davomida portalga qilingan murojaatlar soni bir milliondan oshdi. Bugungi kunda 2400 dan ortiq davlat tashkilotlari o‘z elektron xizmatlarini portalga joylashtirishgan.
Xabariga ko‘ra, bepul kirish mumkin bo‘lgan saytlar qatoriga aholi orasida ommaviy bo‘lgan e-kommunal.uz, data.gov.uz, regulation.gov.uz kabi saytlar kiritilgan. Uyali operator O‘zbekistondagi boshqa mobil operatorlari ham ushbu tashabbusga qo‘shilishiga umid bildirmoqda.