Navro‘z kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

© Sputnik / Vladimir Sergeyev / Mediabankka o‘tishDojd v Moskve
Dojd v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
19-22 mart kunlari Toshkent va unga yaqin viloyatlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ayrim hududlarda yomg‘ir kuchli bo‘lishi mumkin. Yomg‘irli havo Respublikaning janubiy hududlarida ham kuzatilishi mumkin.

TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Navro‘z bayramini nishonlash kunlai O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin deb xabar qilmoqda O‘zgidrometereologiya markazi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida  19-21 mart kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, 19-mart tunda havo harorati 2-7 gradus kunduzi 5-10 gradusgacha iliq bo‘lishi mumkin. 20-22 mart kunlari havo harorati 15-20 gradusgacha ko‘tarilishi mumkin.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida 19-20 mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21-mart kuni alohida tumanlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 22-mart kuni yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda esa — kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 21-22 mart kunlari shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 19-mart tunda 3-8 gradus, 19-20 mart kunduzi 17-22 gradusgacha iliq bo‘lishi mumkin. 21-22 mart tunlari 5-10 gradus, kunduzi esa 13-18 gradusgacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.  

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida 19-20 mart kunlari o‘zgaruvchan bulutli havo bo‘lib, 19-20 marta yog‘ingarchilik kutilmaydi, 21-22 mart kunlari esa yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 21-22 mart kunlari shamol tezligi kuchayib 15-20 m/s ga yetishi mumkin. Havo harorati 19-20 mart tunlari 2-7 gradus, kunduzi 15-20 gradusov iliq bo‘lishi, 21-22 mart tunlari 3-8 gradusov kunduzi esa 13-18 gradusov iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida  ham o‘zgaruvchan bulutli havo bo‘lib, 19-20 marta yog‘ingarchilik kutilmaydi, 21-22 mart kunlari esa yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 21-22 mart kunlari shamol tezligi kuchayib 15-20 m/s ga yetishi mumkin. Havo harorati 19-mart tunda 3-8 gradus va 19-20 mart kunlari 18-23 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. 20-22 mart tunlari 7-12 daraja iliq bo‘lishi va 21-22 mart kunlari  15-20 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida o‘zgaruvchan bulutli havo bo‘lib, 19-20 mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21-22 martda esa — yomg‘ir yog‘ishi, ayrim hududlarda esa kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 21-22 mart kunlari shamol tezligi kuchayib 15-20 m/s ga yetishi mumkin. Havo harorati tunda 3-8 gradus va kunlari 13-18 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.    

Tog‘li hududlarda 19-20 mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, 21-22 martda esa — ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shu kunlari shamol tezligi ham 15-20 m/s ga yetishi mumkin. havo harorati tunda 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0