TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Olma-Ota va Toshkent o‘rtasida "Tұlpar-Talgo" tezurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar qildi Tengrinews.kz.
"Eslatib o‘tamiz, Navro‘z bayrami arafasida "Tұlpar-Talgo" vagonlaridan tashkil topgan, keng kuzovli yangi modifikatsiyadagi Olma-Ota-Toshkent tezurar xalqaro №1/2 yo‘lovchi tashish poyezdi o‘z faoliyatini boshlaydi. Poyezd Olma-Otadan dushanba va shanba kunlari, Toshkentdan esa seshanba va yakshanba kunlari yo‘lga chiqadi. Yo‘l yurish vaqti 16 soatu 30 daqiqani tashkil etadi. To‘xtash bekatlari: Otar, Chu, Taraz, Chimkent, Sariog‘ach va Toshkent shahri", — deb xabar berdi kompaniya.
Eslatib o‘tamiz, 2011-yilda Ostona shahrida MDHda yagona bo‘lgan, "Tұlpar-Talgo" tezurar yo‘lovchi vagonlarini ishlab chiqaruvchi zavod qurilgan.